Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp hozircha telefon muloqoti o‘tkazishni ham, uchrashishni ham rejalashtirmayapti. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Hozircha hech qanday yangilik yo‘q”, — dedi u, jurnalistlarning tegishli savoliga javob berarkan.
Ikki yetakchi Vyetnamda noyabr oyida o‘tadigan sammitda uchrashishi rejalashtirilgan. Jurnalistlar bu uchrashuvga qadar ular telefon orqali muloqot qilishi mumkinligi haqida savol bergan edi.
Izoh (0)