O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PF-5155 - sonli farmoni talablariga asosan, mamlakatda doimiy yashovchi 118 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, shulardan 43 nafari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir.
“13-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligi va IIBB rahbariyatining tashabbusi bilan 43nafar shaxsga O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasportlarini tantanali ravishda, OAV ishtirokida topshirish ishlari amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)