Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

8-sentabr kuni Toshkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbegim” Milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etish uchun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.

Festival tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tayyor palov “Muruvvat”, “Saxovat”, qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.

Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish maqsadida to‘sib qo‘yiladi. Jarayon esa festival o‘tkaziladigan hududga o‘rnatilgan 17 ta ekranlarda namoyish etib boriladi. Osh damlash jarayoni, shuningdek, Milliy telekanali, uning mobil dasturi hamda Guinness World Records’ning Facebook’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Osh tarqatish uchun o‘rnatilgan qozonlar va translyatsiya uchun o‘rnatilgan monitorlar joyi ro‘yxati:

  1. Xalqaro keramika bog‘i (mo‘ljal: Markaziy bank)
  2. “Poytaxt” savdo markazi atrofi
  3. “Aloqabank” yonida (mo‘ljal: Amir Temur xiyoboni)
  4. “Bolajon” istirohat bog‘i (mo‘ljal: Xalq banki binosining orqa tomoni)
  5. “O‘zbekiston” Forumlar saroyi oldidagi maydon
  6. “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldidagi maydon
  7. Temuriylar tarixi davlat muzeyi old tomonidagi maydon
  8. Temuriylar tarixi davlat muzeyi orqa tomonidagi maydon
  9. City Palace mehmonxonasining orqa tomoni
  10. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi avtoturargoh
  11. Simpoziumlar saroyining orqa tomoni
  12. A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon
  13. Yoshlar ijod saroyi oldidagi maydon
  14. Sayilgoh va Amir Temur ko‘chalari kesishmasi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)