Qatar unga nisbatan qator talablar ilgari surgan arab davlatlari bilan muzokara olib borishga tayyor, ammo buning uchun ular mamlakat suverenitetiga va xalqaro huquq prinsiplariga daxl qilmasligi lozim. Bu haqda amirlik tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon at-Taniy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Qatarning nuqtai nazari avval boshidanoq aniq. Biz ixtilofni muloqot bilan hal qilishga tayyormiz, lekin suverenitetga daxldor hamda xalqaro huquq prinsiplarini buzadigan masalalarni ko‘rib chiqmaymi”, — dedi u Qatarning Al Jazeera telekanali efirida.
Muqaddam Kuvayt amiri AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bergan qo‘shma bayonotida Qatar Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bahrayn va Misr ilgari surgan 13 talabni muhokama qilishga tayyorligini aytib o‘tgan edi. Qatar hukumati vakili uning bu so‘zlariga izoh berib o‘tdi.
Kuvayt amiri Tramp bilan Qatar atrofidagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Izoh (0)