Gollivud aktyori Jorj Kluni IShID jangarilaridan qochib Iroqdan ko‘chib kelgan kurd qochqinini o‘z uyida joylashtirganini tan oldi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
“U avtobusda Mosulga ketayotgan edi. Terrorchilar ikki haydovchini o‘ldirib, kollejga bormoqchi bo‘lganlarni o‘ldirishini aytgan. Ammo u tirik qoldi va Amerikaga kela oldi. U barcha tekshiruvlardan o‘tdi”, — hikoya qiladi Kluni.
Aktyorning qayd qilishicha, uning rafiqasi Amal Alamuddin Kluni qochqinni Kentukki shtatidagi uyda joylashtirgan va uning ta’lim olishiga ko‘mak taklif qilgan. Kurd qochqini Chikago universitetiga o‘qishga kirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)