Xalqaro Venetsiya kinofestivalida o‘rta asrlar buyuk allomasi va mutafakkiri Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Film prodyuserlari — Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev, rejissor — Bahodir Yo‘ldoshev. Ushbu kinolenta shu yilning iyul oyida Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda ham eng yaxshi hujjatli film sifatida g‘olib bo‘lgan edi.
Izoh (0)