Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi muzokaralarning taqdiriga munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa yetakchilari bir qarorga kelishi lozim.
“Yevropa mamlakatlari va Yevroittifoq institutlari Turkiyaga nisbatan samimiy siyosat yuritishini xohlaymiz”, — dedi u.
Erdo‘g‘onning fikricha, yo ushbu muzokaralar davom etishi, yo butunlay to‘xtatilishi lozim, bir qarorga kelolmay arosatda qolish esa ikki tomonga ham manfaat keltirmaydi.
“Germaniya Turkiyaning Yevroittifoq bilan muzokaralariga qarshiligini aytadi, so‘ng butun Yevropa mamlakatlari buni hal qilishi lozim deydi. Tabriklayman, bu qarorni imkon qadar tezroq qabul qiling”, — xulosa qildi Turkiya rahbari.
Izoh (0)