Buyuk Britaniyada National Action neonatsist guruhining to‘rt nafar a’zosi terrorchilik aktlarini tayyorlashda ayblanib hibsga olindi. Ular orasida Britaniya armiyasida xizmat o‘tayotgan askarlar bor, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, ushlanganlarning yoshi 22–32 orasida. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bu axborotni tasdiqladi.
“Hibsga olishlar maxsus xizmatlar tomonidan rejalashtirildi va amalga oshirildi, jamoatchilik xavfsizligiga tahdid uyg‘onmadi”, — ma’lum qildi politsiya vakili.
2016-yil iyunida National Action Leyboristlar partiyasidan mamlakat parlamentiga saylangan Jo Koksning qotilligini uyushtirgan. Qotillikni neonatsistlarga aloqador Tomas Meyr amalga oshirgan.
Izoh (0)