JARning Uolter Silulu universiteti talabasiga xato tufayli 100 dollar o‘rniga 1 million dollar stipendiya o‘tkazib berildi. Qiz bu xato emas, degan xulosaga kelib, pulni sarflay boshladi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.
Xatolik bir necha haftadan so‘ng aniqlandi. U paytgacha talaba qiz 60 ming dollar ishlatishga ulgurgan edi.
Talabalarning hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi Intellimali kompaniyasi xatoni roppa-rosa 73 kundan so‘ng aniqladi. Talabalardan biri kursdoshi Sibongil Manining sarf-xarajati juda ko‘payib ketganini payqab, bu haqda universitet rahbariyatiga xabar berdi. Shundan so‘ng tekshiruv boshlandi.
Qizning kartasi bloklab qo‘yildi, qolgan pullar esa qaytarildi. Universitet matbuot kotibi qiz javobgarlikka tortilishini ta’kidlab o‘tdi.
Aniqlanishicha, Sibongil Mani kuniga o‘rtacha 860 dollar sarflagan. U buni kursdoshlaridan yashirmagan va do‘stlari uchun restoranlardan eng yaxshi joylar buyurtma qilib, ularni mehmon qilgan.
Mani Facebook’dagi sahifasida hech qayerda ishlamasligini va buncha pulni qayerdan topishni bilmasligini yozdi.
Izoh (0)