O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabrda Turkiyaga tashrif buyuradi, deb yozadi “Gazeta.uz” Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on davlat rahbariga Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrikka tayanib.

Foto: “Gazeta.uz”

“Ishonamanki, shu yil oktabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi maktubda.

“Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 25 yilligiga to‘g‘ri kelgan 2017-yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollashdi. O‘tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimiz bu jihatdan burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda”, — deya qayd etdi Turkiya prezidenti.

“Xalqlarimiz o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik rishtalari mustahkam poydevor bo‘lgan Turkiya – O‘zbekiston munosabatlarini Siz Janobi Oliylari bilan birga yanada rivojlantirish tarix oldidagi mushtarak mas’uliyatimizdir”, — deya ta’kidladi u.