JCh—2018 saralashining ortda qolgan 9 ta uchrashuvidan 5 tasini boy bergan, shunga qaramay, Rossiya mundiali uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyatni saqlab turgan Samvel Babayan Xitoyga qarshi mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Qiyin o‘yin o‘tkazdik va afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o‘girdi, omad raqib tomonda bo‘ldi. Bugungi o‘yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi.Samvel Babayan mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan o‘yinni xotirjam o‘rganib chiqmoqchi. Keyin esa Koreya bilan o‘yinga reja tuzishni niyat qilgan. Marchello Lippi shogirdlari zafar quchganiga qaramay, Babayan raqib o‘zidan ustunroq bo‘lganini baribir tan olmagan.Afsuski, o‘yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bunday natijaga loyiq emasdik. O‘yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag‘lubiyatga loyiq emasdik.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo‘lgani kabi bu yerda ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.Birinchi navbatda Xitoy bilan o‘yinni xotirjamlik bilan o‘rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Jahon Chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Izoh (0)