31-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonga qarshi bellashuv uchun Xitoy termasi jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozdi “Championat.asia” nashri va uning mashg‘ulotlaridan fotogalereya taqdim etdi.
Marchello Lippining Italiya nashrlaridan biriga bergan intervyusi ham o‘zbekistonlik jurnalistlar e’tiborini o‘ziga qaratgan. Garchi juda qiyin bo‘lsa-da, xitoyliklar Lippining oldiga JCh—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygani e’tiborga molik.
Xitoyda aholi juda ko‘p. Men yoshlarga futbol o‘ynash uchun imkoniyat ko‘proq yaratilishini istayman. Faqat stol tennisi bilan cheklanib qolish kerak emas.Xitoy Super ligasiga chetdan kuchli legionerlar olib kelish bilan ish bitmaydi. 2030-yilgi mundialni qabul qilish mamlakatga juda katta foyda bo‘lardi, shunga intilish lozim.
Marchello Lippi, Xitoy termasi bosh murabbiyi
Izoh (0)