Germaniyaning Gamburg shahriga O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun jo‘nab ketgan bokschilarning 6 nafari yarim final chiptasini qo‘lga kiritgandi.
Bugun ularning final ostonasidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi. Yarim final janglari 31-avgust va 1-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
-49 kg: Hasanboy Do‘smtatov — Martines Rivas (Kolumbiya)-52 kg: Jasur Latipov — Ink Yu Kim (Janubiy Koreya)-64 kg: Iqbol Xoldorov — Fredus Roxas (AQSh)-69 kg: Shahram G‘iyosov — Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston)-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Jozef Vard (Irlandiya)-91 kg: Sanjar Tursunov — Yevgeniy Tishenko (Rossiya)
Yarim finallarda Shahram G‘iyosov hamda Sanjar Tursunovning raqiblari ancha jiddiy. Rossiyalik Yevgeniy Tishenko o‘z vazn toifasida Olimpiada chempioni hisoblanadi.
O‘zbekiston termasi 2015-yil Qatarda o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Hozircha terma 6 ta bronza masalasini aniq hal qilgan. Ularning hammasi kelajakda oltinga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonliklardan Murod Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov chorak finalda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi.
Boks bo‘yicha Jahon chempionati janglari UzReport telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)