Eron o‘z hududida og‘ir qiruvchilar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Tasnim agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Og‘ir jangovar samolyotlar yaratilishi idora rejalariga kiradi”, — ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri, brigada generali Amir Xotamiy.
“Bunday qiruvchini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ishlari tugallandi, dastlabki tadqiqotlar bitdi”, — qo‘shimcha qildi u.
Xotamiy Eron strategik harbiy-havo kuchlarini rivojlantirishi muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)