O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrifi davomida hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masala ikki oy ichida hal etilishini bildirdi.
O‘zAning qayd etishicha, “toza ichimlik suvi ta’minoti ham Bekoboddagi aholini qiynayotgan muammolardan”. “Ichimlik suvi mavjud bo‘lsa-da, sifati talabga javob bermaydi”, — deb yozgan edi agentlik.
Ichimlik suvi masalasida, Bekobodda suv yomon emas, lekin o‘chib turadi. Topshiriq berdim — iloji boricha, ikki oy ichida bu masalani hal qilamiz. Bu juda og‘ir masala. Lekin suvni 100 foiz ta’minlab bermasak, bizni hech kim kechirmaydi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)