Indianapolisda AQShning eng xunuk uyi yana sotuvga qo‘yildi. Bu haqda ForumDaily xabar bermoqda.
Kessler xiyobonidagi 4923. East Drive binosi xalq orasida ba’zan Kessler dala hovlisi deb ataladi. Oxirgi besh yil ichida u yettinchi marta sotilishi. Uy egasi 1,75 million dollar so‘ramoqda. Bu “AQShning eng xunuk uyi” maqomiga ega inshoot uchun biroz g‘alati, deb ta’kidlanadi materialda.
Uy Jerri Xostetler ismli kishiga tegishli edi. U 2006-yili 66 yoshda vafot etdi. Uy qurilishi o‘tgan asrning 1960-yillarida boshlangan edi. Dastlab u uch yotoqxonali rancho shaklida edi, ammo Xostetler qo‘shni uylarni sotib olib, uyini kengaytirib bordi.
Endilikda uyda 11 yotoqxona, yetti vanna xonasi bor. Uslublar, teksturalar aralashuvi hamda g‘alati shakl-shamoyil tashrifchilar va xaridorlarni hurkitadi, buning natijasida u eng xunuk uy maqomini saqlab turibdi.
Hozirgi paytda uy Airbnb servisida ijara ro‘yxatlariga kiritilgan. Bu yerda bir kecha tunash 450 dollar turadi.
Izoh (0)