Germaniyaning Gamburg shahriga O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga yo‘l olgan bokschi Jasur Latipov Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.
-52 vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Latipovning mundialdagi ilk raqibi Puerto-Riko vakili Yankiel Rivera bo‘ldi. Bunda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Avvalroq -91 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirokini boshlagan Sanjar Tursunov ham raqibidan 5:0 hisobida ustun kelishga muvaffaq bo‘lgandi.
Jasur Latipovning keyingi bosqichdagi raqibi bolgariyalik Daniel Asenov bo‘ladi. O‘zbekistonlik bokschi JChdagi ishtirokini 1-bosqichdan boshlagan bo‘lsa, o‘z vazn toifasida 7-raqamda saralangan bolgariyalik sportchi birdaniga 2-bosqichdan turnirga qo‘shilishi belgilab qo‘yilgandi.
Izoh (0)