Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Geynsvill shahrida (Florida shtati) joriy yil 28-avgustidan 28-oktabrigacha “O‘zbekiston: Markaziy Osiyo ertagi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Foto: Ernest Kurtvaliyev

Foto: Ernest Kurtvaliyev

Ko‘rgazma 28-avgust, dushanba kuni Florida universitetidagi xalqaro san’at galereyasida ochiladi. Uni mazkur universitet talabasi va Fulbrayt dasturi stipendianti Albina Xartner tashkil etdi.

Ko‘rgazmada taniqli o‘zbek ustalarining keramika va to‘qimachilik namunalari bilan birgalikda O‘zbekistonning eng taniqli fotosuratchilaridan biri Ernest Kurtvaliyevning fotolari namoyish etiladi.

Foto: Ernest Kurtvaliyev

Foto: Ernest Kurtvaliyev

Galereyada ko‘rgazmadan tashqari Markaziy Osiyo an’anaviy me’morchiligi va o‘zbek xalq raqsiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, raqs bo‘yicha mahorat saboqlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi