O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning tabrik maktubida bunday deyiladi:
“Sizni muhim sana — Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman”.
Pyotr Poroshenko davlatlar o‘rtasidagi chorak asrlik teng huquqli munosabatlar bundan buyon ham o‘zaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubida o‘tgan vaqt mobaynida mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik aloqalari o‘zaro hurmat, manfaatdorlik va anglashuv ruhida izchil rivojlangani va mustahkamlangani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari “O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham yanada kengayishi va mustahkamlanishiga ishonchim komil”, deb ta’kidladi.
Izoh (0)