Qohira shimolida “Hasm” ekstremistik guruhining ikki vakili politsiya tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda, Misr IIVga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, idora xodimlari Buxayra viloyatining Vodiy an-Natrun tumanida bekinib kelgan ekstremistlarning iziga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ular o‘z boshpanasini qo‘lbola portlash uskunalari yasash ustaxonasiga aylantirib olgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari terrorchilarni ushlashga harakat qilgan, ammo ular qurolli qarshilik ko‘rsatgan. Politsiyachilar ularni javob o‘ti bilan yo‘q qilgan.
Tintuv chog‘ida boshpanadan avtomatik miltiq, pilta miltiq va o‘q-dori topilgan. Bundan tashqari, u yerda aniqlangan tayyor bomba sapyorlar tomonidan zararsizlantirigan.
Izoh (0)