Samsung kompaniyasi omadsiz chiqqan Galaxy Note 7 telefonining davomchisi bo‘lmish Note 8 telefonini taqdim etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Galaxy Note 8 6,3 dyuymli, 2960×1440 pikselli ekranga ega bo‘ldi. Ekranning chetlari qabariq, shu bois old panelda faqat yuqori va quyi rom ko‘rinadi. Ularda jismoniy tugmalar yo‘q.
Yangi telefonda ikkita orqa kamera bor: iPhone 7 Plus’da bo‘lganidek, bitta kamera keng burchakli obyektiv bilan, boshqasi esa teleobyektiv bilan ta’minlangan. Note 8 da bir paytning o‘zida ikkita orqa kameradan suratga olish mumkin. Kameralarga optik stabilizatsiya o‘rnatilgan.
Galaxy S8 va S8+ telefonlaridan farqli ravishda, Note 8 da stilus bo‘lib, u telefon korpusi ichida turadi. Stilus yordamida chizish, matn kiritish mumkin. Yozuv va tasvirlarni gif formatiga o‘tkazish hamda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ulashish mumkin.
Izoh (0)