Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentning 21-avgustdagi PQ-3230-son “2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida joylashtirilgan, deb xabar beradi Norma.

Foto: Norma

Foto: Norma

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va ularning tumanlari kesimida 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari bo‘yicha joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari, shuningdek, sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi tasdiqlandi.

2017-yil 25-avgustgacha fermer va dehqon xo‘jaliklariga dorilangan va sertifikatlangan urug‘liklar 50 foiz haqini oldindan to‘lash sharti bilan yetkazib beriladi. 10-sentabrgacha esa Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvchi tashkilotlar fermer xo‘jaliklariga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Ekinlarni ekish va ularni parvarishlash uchun yonilg‘i-moylash mahsulotlari respublikada shakllangan narxlarga 10 foizgacha ustama qo‘yilishi orqali ta’minlab beriladi.

Erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlar 2018-yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib beriladi.

Hujjat qator boshqa qoidalarni ham o‘z ichiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi