Marokash huquq-tartibot organlari Barselonada teraktlar uyushtirgan yacheyka bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan ikki shaxsni ushladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushlanganlardan biri Muso va Driss Ukabirlarning amakivachchasidir. Muso Ukabir Kambrilsda terrorchilik aktini uyushtirishga uringan paytida yo‘q qilingan edi, uning akasi Driss esa Barselonadagi teraktdan so‘ng ushlangan edi.
Bunga qadar Ispaniyada tergov doirasida to‘rt kishi ushlangan edi.
17-avgust kuni mikroavtobus Barselonaning Rambla ko‘chasida piyodalar ustiga bosib keldi. Keyinroq Diagonal shohko‘chasida noma’lum shaxs yuk mashinasida politsiyachilarga hujum uyushtirdi. Ikki politsiyachi jabrlandi.
Teraktlarning qurbonlari soni 15 kishini tashkil etdi, 100 dan ortiq odam jabrlandi. Terrorchilarning katta guruhi ushlandi yoki yo‘q qilindi.
Izoh (0)