AQShning Virginiya shtatidagi Sharlottsvill shahrida ro‘y bergan to‘qnashuvlarda qurbon bo‘lgan Xizer Xeyerning onasi Syuzan Bro AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashishdan bosh tortganini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men hozir prezident bilan gaplashmayman, kechirasizlar”, — dedi u ABC telekanali efirida.
Broning so‘zlariga qaraganda, qizining dafn marosimi chog‘ida prezident unga murojaat qilishga uringan. Ammo ayol u bilan muloqot qilishdan bosh tortgan.
Ayol Tramp aksilfashistlar mitinglarini ultrao‘nglar chiqishlariga tenglashtirganidan so‘ng u bilan muloqot qilishdan bosh tortgan.
“Bolam haqida aytganlaridan keyin... Men videokonferensiyani ko‘rdim, u yerda prezident Xeyerga o‘xshaganlarning chiqishlarini ‘Ku-kluks-klan’ va ultrao‘nglarga tenglashtirdi”, —ta’kidladi ayol.
Izoh (0)