Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Barcha navlardagi olmalarning vatani Qozog‘iston yoki Xitoy shimoli-g‘arbidir. Olmaning dunyo bo‘ylab tarqalishiga Buyuk Ipak yo‘li yordam bergan. Bu ma’lumotlar Nature Communications jurnalida chop etilgan maqolada aytildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz olmaning vatani qidiruvlarini butun O‘rta Osiyodan Qozog‘istonning kichik qismi hamda Tyan-Shanning Xitoydagi g‘arbiy qismigacha qisqartirishga erishdik. Bundan tashqari, biz meva evolyutsiyasi hamda uning Ipak yo‘li orqali sharqdan g‘arbga tarqalishini kuzatdik hamda olma ta’mi va shakli ushbu sayohatning har qadamida almashganini aniqladik”, — dedi Itakadagi (AQSh) Kornell universiteti xoodimi Chjanszyun Fey.

Ma’lumki, olmalar ancha kech xonakilashtirilgan bo‘lib, atigi 4 ming yoshdadir. Qadimgi yunon manbalariga ko‘ra, bu mevalar Aleksandr Makedonskiyning o‘zi tomonidan xonakilashtirilgan. Afsonaga ko‘ra, u mazkur meva daraxtini So‘g‘diyonadan olib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova