Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

 O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbari Toshkent shahridagi daraxt va butalarni kesish bo‘yicha xulosalarni taqdim etish mexanizmini takomillashtiruvchi qarorni imzoladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant.uz” xabar berdi.
Foto: “Kommersant.uz”Endilikda daraxt va butalarni kesish xulosasi Bioxilma-xillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi hududiy inspeksiya tomonidan beriladi, xulosalar ustidan esa Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus Ishchi guruhi nazoratni amalga oshiradi.

Ekologiya davlat qo‘mitasi rahbari raislik qiladigan Ishchi guruh tarkibidan bioinspeksiya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari, shuningdek, qo‘mita OAV vakillari joy olgan.

Tuman hokimiyatlari yoki “Yagona oyna” markazi tomonidan daraxtlarni kesich bo‘yicha berilgan arizalar bir sutka davomida viloyat inspeksiyasiga yuboriladi. Ular joylardagi daraxtlarning holatini o‘rganib, xulosa tayyorlaydi, tadqiq qilingani bo‘yicha akt, sxema, fotomaterial tuzadi va besh ish kuni mobaynida barcha materiallarni tasdiqlatish uchun Ishchi guruhga taqdim etadi.

Xulosa Ishchi guruh tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqilgach, tasdiqlanadi. Asosga ega bo‘lmagan xulosalar bekor qilinishi yoki qo‘shimcha ravishda boshqatdan o‘rganib chiqishi uchun hududiy inspeksiyasiga yuboriladi.

Tasdiqlangan xulosalar bir sutka davomida Toshkent shahar Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboriladi. Shundan so‘ng daraxtlarni kesish bo‘yicha xulosalar tuman hokimiyatlariga jo‘natiladi.

Shu bilan birga hududiy inspeksiyalari daraxtlarni kesishga ruxsat berilgani haqidagi  shuningdek, tabiiy zarar keltiruvchi hamda kasalliklar sabab qurib qolgan daraxt va butalarni kesish, ularning aniq manzili, qancha muddat ichida kesilishi hamda ularning soni ko‘rsatilgan reyestrni tuzadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi