O‘zbekiston Konstitutsiyasining 69-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasida adminstrativ-hududiy tuzilish masalalarini yechish tartibi haqida”gi qonunining 2-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining taklifi ko‘rib chiqilib, Oliy Majlis Senati Kengashi 9-avgust kuni QQ-214-III sonli qaror qabul qildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi Kengashining 2017-yil 9-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Taxiatosh tumanini tuzish haqida”gi 1004-III sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilindi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Xo‘jayli tumanining “Kenagas”, “Saroyko‘l” va “Naymanko‘l” mahallalari ham Taxiatosh shahri hududiga biriktirilib, Taxiatosh tumanini tuzishga rozilik berildi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.
Izoh (0)