Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuelaga nisbatan harakatlarning “harbiy variant”ini qo‘llashi mumkinligi istisnodan xoli emasligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: DPA

Foto: DPA

“Biz Venesuelaga nisbatan harakatlarning ko‘plab variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bundan tashqari harbiy variantni ham istisno qilmagan bo‘lardim”, — deydi Tramp.

Shuningdek, prezidentning qo‘shimcha qilishicha, AQShning “butun dunyo bo‘ylab va hatto juda-juda uzoqlarda ham” qo‘shini bor.

“Venesuela u qadar uzoq emas va u yerda odamlar jabr chekmoqda. Halok bo‘lmoqda. Bizning Venesuelaga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘plab variantlarimiz, jumladan, harbiy variantimiz ham bor”, — dedi Oq uy rahbari.

Avvalroq, Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster AQShning Venesuelaga nisbatan harbiy aralashuvi ehtimoldan uzoq ekanligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi