Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskva shahar sudi 11-avgust, juma kuni tadbirkor Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga va Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga nisbatan or-nomus va obro‘ himoyasi haqidagi da’vosi bo‘yicha qarorning qonuniyligini tekshiradi, deb yozadi “TASS” sud matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Shikoyat arizasida javobgarlar birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilishni va biznesmenning da’vosini qondirishdan bosh tortishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni Moskvaning Lyublino tumani sudi sudyasi Marina Vasina milliarder Alisher Usmonovning rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan da’vosini qo‘llab-quvvatlagan edi. Sud “U sizga Dimon emas” film-surishtiruvini YouTube’dan o‘chirish va Usmonovning sha’niga tahqirlovchi ma’lumotlar yuzasidan raddiya berish haqida qaror chiqargan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova