“Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi tashkiliy qo‘mitasi loyiha finalida O‘zbekiston nomidan qatnashadigan finalchilar ism-shariflarini e’lon qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.
Bular toshkentlik Laylo Musayeva va Madina Rashidovalardir.
Loyihaning asosiy vazifasi — sayyoradagi turli xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash. Tanlov tabassum, mehr va atrofimizdagi kishilarga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni urfga kiritish maqsadida o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Loyiha maqsadi — dunyoning turli burchaklaridan eng maftunkor tabassumga ega qizlar va ayollarni qidirib topish.
Ayni paytda tanlovning Avstraliya, Qozog‘iston, Rossiya va litvalik finalchilari aniqlangan.
Avgustda barcha finalchilar aniqlanganidan so‘ng, hakamlar olamning uchta eng go‘zal tabassum sohibalarini aniqlaydi. Mutlaq g‘olib 2000 dollar pul mukofotidan tashqari, xalqaro go‘zallik tanlovlari hakamlar hay’ati tarkibida qatnashish va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)