Tesla mashinalarining italiyalik egalari klubi elektrokarda yo‘l bosish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Motor nashri xabar bermoqda.
Besh nafar haydovchi Model S mashinasidan quvvatlantirishsiz ming kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tishga erishdi. 4-avgust kuni boshlangan sinov 29 soat davom etdi.
Klub a’zolari mashinani navbatma-navbat boshqardi. Avtomobilning konditsioneri o‘chirildi, o‘rtacha tezlik esa soatiga 40 kilometrni tashkil etdi.
Jami 98,4 kilovatt/soat elektr quvvati sarflandi.
Izoh (0)