Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan uchrashuv bugun — 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi Samarqand “Dinamo”sini qabul qiladi.
Chorak finalda “Dinamo” Muborakning “Mash’al” klubini qoldirib ketdi. “Bunyodkor” esa Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi” dovonidan o‘tib oldi.
“Bunyodkor” — “Dinamo” o‘yini 19:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.
Yarim finalning ikkinchi o‘yini “Lokomotiv” — “Nasaf” o‘rtasida 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi Yarim final 31-iyul, dushanba
Izoh (0)