Isroilning harbiy mahkamasi o‘z askarlariga Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda Clash Report o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
Avvalroq Isroil armiyasi Rafahda operatsiya boshlagani xabar qilingandi.
The Times of Israel nashrining yozishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan.
Rahbarlar yarim soatcha suhbatlashganlar. Ular Rafahdagi operatsiyani muhokama qilishgani xabar qilinmoqda.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari rejalashtirilgan harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Rafahdan tinch aholini evakuatsiya qilishni boshlagandi.
Izoh (0)