Argentinada ideal yumaloq shakldagi ko‘l kashf etildi. Uning markazida suzib yuruvchi yumaloq orol mavjudligi diqqatga sazovor, deb xabar beradi “Fotoshedevri”.
Birinchi bo‘lib g‘ayritabiiy orolni vertolyot uchuvchisi payqadi.
Orol ko‘l yuzasining 4/5 qismini egallaydi, buning natijasida suv yuzasi yarim oy shaklida ko‘rinadi. Suzuvchi orol doimo o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Orol o‘tib bo‘lmaydigan botqoqliklar orasida joylashgani bois ilgari u haqda ma’lum emas edi. OAVda orol o‘zga sayyoraliklar bazasi degan nom olishga ulgurdi.
Orol va ko‘l ideal aylana shaklida ekanligi bois shov-shuv ishqibozlari uni tabiat ijodi ekanligiga shubha bildirmoqda.
Orol va ko‘lni o‘rganish uchun u yerga ekspeditsiya yo‘l oldi, ammo qiyinchiliklar tufayli ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Qaytadan yuborilgan ekspeditsiya ko‘l suvi juda sovuq ekanligini aniqladi.
Kickstarter platformasida Parana daryosi deltasiga ekspeditsiya uyushtirish uchun mablag‘ to‘planmoqda. Ayni paytda talab etilayotgan 50 ming dollardan 9 ming dollari to‘plandi.
Izoh (0)