Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Mosul shahrini IShIDdan tozalash operatsiyasi chog‘ida inson huquqlari poymol etilishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilganini tan oldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bosh vazir bunday holatlar kam qayd qilinganini va aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidlab o‘tdi.
Al-Abadiyning so‘zlariga qaraganda, inson huquqlariga daxl qilganlar yo his-tuyg‘u bilan harakat qilgan, yoki IShID manfaatlari yo‘lida bu ishlarni qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)