Toshkentda bir fuqaroni Janubiy Koreyaga ishlashga yuborish bilan aldab, undan katta miqdorda pul olgan firibgar ayol ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
“3-aprel kuni taxminan soat 10:00 larda muqaddam sudlangan Kim Alyona Olegovna Sergeli tumani hududida fuqaro Bayramov Javohir To‘xtasinovichning ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo‘li bilan undan 3 ming dollar pulini olgan”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)