AdMe dunyoning turli burchaklarida yetishtiriladigan noodatiy va g‘aroyib sabzavotlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Turfa rangli jo‘xori
Kamalak kabi tovlanuvchi ushbu jo‘xorini amerikalik fermer Karl Barns yaratgan va uni Glass Gem deya atagan. Uni qaynatilgan holda iste’mol qilib bo‘lmaydi — undan faqat un va popkorn tayyorlanadi.Romanesko karami
Ushbu karam Hindistonda rangli karam va brokkolini chatishtirish orqali olingan. Uning tarkibida karotin, C vitamin, rux kabi foydali elemaentlar ko‘p.Qulupnayli ismaloq
Oddiy ismaloqning malina yoki qulupnayga o‘xshash shu kabi rangli mevasi borligi ham aniqlandi. O‘simlikning bargini ham mevasini ham iste’mol qilsa bo‘ladi.Siyohrang shirin kartoshka
Ushbu siyohrang kartoshkaning vatani Peru va Kolumbiya hisoblanadi. Uning tarkibida antioksidantlar mavjud va turli kasalliklarga qarshi profilaktikada ishlatiladi.Nopal kaktusi
Meksikaliklar kaktusning ushbu turini juda yaxshi ko‘rishadi. Undan salatlar tayyorlashda foydalaniladi, asosiy taom uchun masalliq sifatida ishlatiladi va hatto marinadlanadi.Turfa rangli karam
Karamning bu kabi turi istalgan dasturxonning ko‘rki bo‘la oladi.Lotos ildizi
Lotos ildizi Yaponiya, Xitoy va Tayvan oshxonalarida delikates hisoblanadi. Shuningdek, uni sabzovotlarning fugu balig‘i deyish ham mumkin, chunki ovqat tayyorlashda undan noto‘g‘ri foydalanilsa zaharlanishga olib keladi.Xitoy achchiq oshqovog‘i
Osiyoda keng tarqalgan ushbu o‘simlikning po‘stlog‘i achchiq, suvi esa zaharli.Oka
Ushbu g‘ayrioddiy sabzavot Kolumbiya, Peru va Chilida yetishtiriladi. Uning ta’mi kartoshkanikiga o‘xshaydi, biroq hidi bilan biroz ajralib turadi.Tarvuzli rediska
Uning ko‘rinishi tarvuzga o‘xshasa-da ta’mi shirin emas, oddiy rediskadan farqi yo‘q.
Izoh (0)