Fransiya poytaxtining bosh obidasi — Eyfel minorasi AQSh prezidenti Donald Trampning Parijga tashrifi munosabati bilan turistlar uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Minora istisno tariqasida 13-iyul mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da yopiladi va 15-iyul soat 9:00 da ochiladi. Bu haqdagi e’lon Eyfel minorasining rasmiy saytida keltirildi.
13-iyul kechki soatlarida Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Donald Tramp rafiqalari bilan birgalikda Eyfel minorasining uchinchi qavatida joylashgan “Jyul Vern” restoranida tushlik qiladi. Bu restoran, go‘zal manzaradan tashqari, nazokatli taomlari bilan ham mashhur bo‘lib, “Mishlen” yulduziga sazovor bo‘lgandir.
Izoh (0)