“Taxtlar o‘yini” teleseriali mualliflari paparatssilarni adashtirish uchun yolg‘on sahnalar suratga tushirgan. Bu haqda serial yulduzi, Jon Snou obrazini ijro etgan aktyor Kit Xarington Jimmy Kimmel Live ko‘rsatuvida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Artist yettinchi mavsumning syujetiga oid tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi va sakkizinchi mavsumda ishtirok etish-etmasligi haqidagi savolni ochiq qoldirdi.
“Bu mavsum haqida nima deyishim mumkin? Hammayoqda orqamizdan paparatssilar yurdi, va biz ayrim soxta sahnalarni suratga oldik”, – dedi Xarington.
Aktyorning so‘zlariga qaraganda, uning o‘zi uchta mana shunday sahnada suratga tushgan. Har bir soxta sahnani yaratishga syomka guruhi besh soat atrofida vaqt sarflagan.
Izoh (0)