Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchi Vohid Shodiyev bilan shartnoma imzoladi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Bunda shartnoma qanchaga mo‘ljallangani aytilmagan. Ma’lum tomoni Shodiyev Malayziyadagi faoliyatidan keyin Navoiyning “Qizilqum” klubi safida to‘p surayotgandi. Bunda uning “Qizilqum” bilan shartnomasi qanday ko‘rinishda bo‘lgani aytilmagan.
Vohid Shodiyev Mirjalol Qosimov O‘zbekiston milliy termasiga bosh murabbiy bo‘lgan vaqtda bosh jamoaga ham chaqirilgan bo‘lib, 2015-yilgi Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Shuningdek, so‘nggi 1 yilini “Obod” klubida o‘tkazgan himoyachi Anvar G‘ofurov “qaldirg‘ochlar” mashg‘ulotiga kelib qo‘shilgan. Avvalroq “Obod” futbolchilari erkin agent sifatida qo‘yib yuborilgandi aytilgandi.
Mavsumning 1-davrasini “Sho‘rtan”da o‘tkazgan yarim himoyachi Sardor Sobirxo‘jayev ham Mirjalol Qosimov qo‘li ostiga yetib kelgan. Katta ehtimol bilan bu futbolchilar “Bunyodkor” bilan yangi kelishuvga erishadi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” futbolchilari 2-davraga tayyorgarlikni Chimyondagi “Archazor” maskanida davom ettirmoqda.
Izoh (0)