Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

So‘nggi bir haftadan beri O‘zbekistonning aksariyat hududlari singari poytaxt Toshkentda ham havo harorati yuqori darajada bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday jazirama 11-iyulga qadar davom etishi mumkin.

Aksiga olib, 8-iyul kuni Toshkent shahrining bir qator chorrahalarida svetoforlarning ishlamay qolishi holatlari kuzatildi. Xususan, Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishmasi — Sebzor chorrahasida 7-iyul oqshomida ham svetoforlar ishlamayotgan edi.

Svetofor ishlamasa, avtomobillar harakati jadal bo‘lgan chorrahalarga tartibga solish uchun yo‘l nazoratchilari yuboriladi. 8-iyul kuni Sebzordagi muammoli chorrahaga yuborilgan yo‘l nazoratchisi ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi.

“Daryo” mobil muxbirlaridan birining ma’lum qilishicha, u 10:35 da shu chorrahadan o‘tgan vaqti xuddi shu nazoratchi harakatni tartibga solib turgan bo‘lgan. Oradan salkam to‘rt soat o‘tib — 14:15 da yana shu chorrahaga kelganida, nazoratchi hali ham xizmat joyida bo‘lgan.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

“Ko‘zimning oldida bir Spark uning oldida to‘xtab, militsionerga energetik ichimlik berib ketdi. Suvni oldi-yu, oyog‘i ostidagi plastik idishning yoniga qo‘yib, harakatni tartibga solishda davom etdi. Oftobdan qizarib ketgan edi. Oson emas bunday jaziramada to‘rt soat quyoshda turish!”, — deydi “Daryo” mobil muxbiri.

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” va “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlarida ushbu yo‘l nazoratchisi haqida bunday iliq fikrlarni ko‘plab uchratish mumkin.

“Qoyil, hozir o‘tdim Sebzordan. Adashmasam, soat 11:00 dan beri turibdi”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri. “Bu yo‘l nazoratchisining bir maosh miqdorida rag‘batlantirish tarafdorlari bormi?”, — deb taklif bergan yana bir foydalanuvchi. “Kelinglar, jaziramada xizmat vazifasini o‘tab turgan yo‘l nazoratchilari uchun muzdek ichimlik olib, tashlab o‘taylik”, — deb chorlagan boshqa bir foydalanuvchi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Juda ko‘plab foydalanuvchilar ismi noma’lum yo‘l nazoratchisiga “Rahmat!”, “Baraka top!”, “Qahramon!”, deb minnatdorchilik bildirgan, uni olqishlagan. Oftob zarbidan zararlanishi mumkinligini aytib, uning ahvolidan xavotir olganlarni ham talay topish mumkin.

O‘z navbatida, bir guruh foydalanuvchilar shaharning boshqa nuqtalarida ham yo‘l nazoratchilari jaziramada ishlayotganini ma’lum qilgan. “O‘z ishini qilyapti-da, nimasiga rahmat aytish kerak?”, — deganlar ham bor. “Obodonlashtirish xizmati xodimlari ham shu issiqda 600 ming maoshga ishlab yuribdi. Biroq hech kim ularni internetda olqishlayotgani yo‘q”, — deb kuyungan yana bir foydalanuvchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)