Xitoy Hindistondan qo‘shnilar o‘rtasida cho‘zilib ketgan ziddiyatni hal qilish muzokaralari boshlanguniga qadar o‘z qo‘shinlarini bahsli Himolay platosidan olib chiqib ketishini talab qilmoqda. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuanning kundalik brifingda ma’lum qilishicha, Hindiston “o‘z samimiyligini namoyish qilishi” uchun dastlabki shart sifatida qo‘shinlarini “iloji boricha tezroq” olib chiqib ketishi kerak.
Nashrning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat ushbu haftda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida murakkablashishi mumkin. Unda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham ishtirok etadi.