Niderlandiya hukumati Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari To‘g‘rul Turkashni non-grata shaxs deb e’lon qildi. Amaldor Niderlandiyadagi turklar muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazayotgan marosimda ishtirok etmoqchi edi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Gaagada e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Turkashning va Turkiya hukumatining boshqa vakillarining ishtiroki mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvolida maqsadga muvofiq emas.
Mart oyida Niderlandiyadagi parlament saylovi arafasida mamlakat hukumati turkiyalik siyosatchilarning tashviqot maqsadida mamlakatga kelishini taqiqlagan edi.