Bektemir tumanida salkam 3 kilogramm marixuana saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilning 4-iyul kuni, Bektemir tumani hududida, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora Dori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Denis Kazansevdan polietilen paketga solingan og‘irligi 2 kilogramm 851 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.