O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-iyul, juma kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Namangan ko‘chasida xalq ichiga kirib, odamlar bilan muloqot qildi. Aholi Prezident tashrifidan xursandligini, amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar uchun minnatdorlik izhor etdi.