Prezidentning 30-iyundagi PQ–3105 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoat kengashi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan Akademiya huzurida tegishli tuzilma tashkil etildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Jamoat kengashi O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va o‘qitish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, dolzarb masalalarni ishlash, o‘zbek xalqining o‘tmish va bugunini baholashda biryoqlama yondashuvlarga va dogmatizmga yo‘l qo‘ymaslik;
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‘zbek modeli mohiyati va mundarijasini chuqur o‘rganish va ochib berish;
Ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish ishlarini o‘tkazish;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini o‘tkazish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy xorijiy ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga qaratilgan choralarni ko‘rish.
Izoh (0)