Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning yillik daromadi 2018–2019-moliyaviy yilida 82,2 million funt sterlingni (105 million dollarni) tashkil qiladi. Bu mutlaq rekord natija bo‘ladi, deb xabar beradi “TASS”.
Qirolicha daromadlarining oldingi yilga nisbatan qariyb ikki barobarga oshishi Yelizaveta II nomidan uning mol-mulkini boshqaradigan Crown Estate kompaniyasining muvaffaqiyatli faoliyati bilan bog‘liq.Bundan tashqari, yaqin o‘n yillikda davlat tomonidan Yelizaveta II ning xarajatlari uchun to‘lovlarning Bukingem saroyi ta’miri munosabati bilan 15 foizdan 25 foizga oshishi ham asosiy omillardan biri bo‘lmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 2017–2027-yillarda saroyning ta’mir ishlari 369 million funt sterling (470 million dollar) xarajatni talab qiladi.
Izoh (0)