Ispaniya poytaxti Madrid sudi otalik da’vosi tufayli mashhur rassom Salvador Dalining qabrini ochish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Jironada istiqomat qiluvchi ayol Pilar Abel o‘zini rassomning qizi deb da’vo qilayotgani ushbu qarorning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan. DNK-test da’voga xulosa yasaydi.
Salvador Dali 1904-yil 11-mayda tug‘ilgan. U syurrealizmning eng taniqli namoyandalaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)