Afg‘oniston harbiylari Nangarxar viloyatidagi Tora-Bora tumanini IShID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘tmishda ushbu tumandagi o‘rmon kompleksi “al-Qoida”ning sobiq rahbari Usoma ben Ladenning tayanch nuqtasi hisoblangan. U 2001-yili aynan shu yerda AQSh harbiylaridan yashiringan.
Mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Tariqshoh Bahromiyning bayonotiga ko‘ra, operatsiya chog‘ida IShID katta talafot ko‘rgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)