Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida, Samara—Chimkent trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida O‘zbekistonning 9 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Foto: “Nur.kz”

“22-iyun kuni soat 10:20 da Samara—Chimkent trassasining 946-kilometrida, Qorabutoq posyolkasidan 20 kilometr uzoqda ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi (O‘zbekiston fuqarolari), 18 kishi kasalxonaga yetkazildi (17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qozog‘iston fuqarosi). 25 kishiga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi”, — ma’lum qildi Ruslan Imanqulov. 

Avtobus Volgograd — Chimkent yo‘nalishida ketayotgandi. Qo‘mitaga ko‘ra, unda 52 kishi bo‘lgan, ulardan 50 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Qozog‘iston fuqarosidir.